AsosiySiyosat

“Mening eng katta maqsadim — xalqimni rozi qilish, baxtli ko‘rish”

Prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “Juzimbag‘” mahallasida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashdi.

'“Mening eng katta maqsadim — xalqimni rozi qilish, baxtli ko‘rish”'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi Juzimbag‘ mahallasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yerda 4 ming 300 nafarga yaqin aholi yashaydi. Uchta maktab, oltita bog‘cha, yetmishdan ortiq tadbirkorlik subyektida aholi doimiy ish bilan band.

Chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan bu hududda 990 ta xonadonning tomorqasi bor. Sayxunobod tajribasi asosida mahalliy imkoniyatlar ishga solinmoqda. Xususan, dehqonchilik uchun 174 nafar fuqaroga 128 gektardan ortiq yer uzoq muddatga ajratilgan. Ular dehqonchilik qilib, ro‘zg‘or uchun qo‘shimcha daromad qilmoqda. Issiqxona tashkil etib, yiliga ikki marta hosil olishni yo‘lga qo‘yayotgan oilalar soni ko‘paymoqda.

Mahallada “Orol Agro” korxonasi tomonidan “Yoshlar uzum bog‘i”  tashkil etilgan. Unda 40 kishiga o‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berilgan.

Voish usulida parvarish qilinayotgan bu tokzorning qator oralaridan ham omilkorlik bilan foydalanilmoqda. Turli sabzavotlar yetishtirilib, 400 tonnagacha mahsulot olinmoqda. Toklar to‘liq hosilga kirishi bilan yiliga qiymati 4 milliard so‘mlik 200 tonnaga yaqin mahsulot olinishi ko‘zda tutilgan.

Davlatimiz rahbari shu yerda dehqonchilik qilayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashdi.

Ular so‘nggi yillardagi imkoniyatlardan foydalanib, dehqonchilik uchun yer olgani, poliz ekinlari va ko‘katlar yetishtirib, daromad topayotganini aytdi. Reja va niyatlari haqida gapirdi.

  • Sizlarni ishli bo‘lganingizni, ko‘zingizdagi ishonchni ko‘rib, xursand bo‘ldim. O‘zi mening eng katta maqsadim shu - xalqimni rozi qilish, baxtli ko‘rish. Qilayotgan ishlarimiz to‘g‘ri, faqat uni kengaytirishimiz kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yoshlarning takliflari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun sovutkichli ombor qurish, ehtiyojmand yigit-qizlarning to‘ylari va shartnoma to‘lovlariga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga yetib bordi'ning rasmi

    Siyosat17.09.2024 11:05

    O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga yetib bordi

    Davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri kutib oldi.

    'Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat17.09.2024 08:19

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston Prezidenti Ostonada "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

    'Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 18:38

    Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

    Prezident u yerda "Markaziy Osiyo – Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

    'O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 12:53

    O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar

    Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    '32 yil ichida ilk marta AQSH va O‘zbekiston bojxona xizmatlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 11:19

    'Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 20:57

    Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

    Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari tayinlandi