AsosiySalomatlik

O‘zbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligi tufayli nazorat kuchaytirildi

Ushbu kasallikning yangi shtammi asosan O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan Afrika mamlakatlarida tarqalayotgani ta’kidlandi.

'O‘zbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligi tufayli nazorat kuchaytirildi'ning rasmi

Bosh davlat sanitariya vrachining "Chet eldan maymunchechakning kirib kelishining oldini olish va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida"gi ko‘rsatmasi asosida mamlakat aeroportlarida qator sanitariya-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Jumladan, fuqaro aviatsiyasi obyektlarining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan birgalikda 20-21 avgust kunlari aeroportlar tibbiyot xodimlari uchun maymunchechak kasalligining etiologiyasi, klinik ko‘rinishi, epidemiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olishga qaratilgan sanitariya-targ‘ibot ishlari kuchaytirildi.

Aeroport xodimlariga ushbu kasallik haqida soddalashtirilgan shaklda ma’lumot beriladi va ba’zi alomatlar vizual tarzda qanday namoyon bo‘lishi tushuntiriladi. Bundan tashqari, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda havo harorati yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar o‘rnatiladi.

"Uzbekistan Airports" AJning Tibbiy ta’minotni rivojlantirish departamenti JSST ma’lumotlariga tayanib, ushbu kasallikning yangi shtammi asosan O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘liq bo‘lmagan Afrika mamlakatlarida tarqalayotganini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar