Temiryo‘l kassalarida chiptalarni maxsus avtomatlashtirilgan chipta sotish terminalidan xarid qilish mumkin. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ matbuot xizmatining xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, mazkur terminaldan chipta rasmiylashtirishda, kerakli yo‘nalish, vagon va o‘rindiq tanlanadi. So‘ngra, shaxsiy ma’lumotlarni kiritib, to‘lov kartalari orqali chipta xarid qilinadi.
Hozirda ushbu avtomatlashtirilgan terminal Toshkent-Markaziy vokzalida test tartibida ishlamoqda. Yaqin kunlarda uni Respublikaning qolgan barcha temiryo‘l vokzallariga o‘rnatish rejalashtirilgan.
Shuningdek, terminaldan yo‘lovchi poyezdlar jadvali haqida ma’lumot olish ham mumkin.






