AsosiySalomatlik

Maymun chechagi epidemiyasi koronavirus darajasidagi o‘ta jiddiy muammo emas

Epidemiyani to‘xtatish uchun zarur profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilishi kerak.

'Maymun chechagi epidemiyasi koronavirus darajasidagi o‘ta jiddiy muammo emas'ning rasmi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge dunyoning qator mamlakatlarida mpox (maymun chechagi) virusi tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, vahimaga berilishga hojat yo‘q. Maymun chechagi epidemiyasini to‘xtatish imkoni bor. Buning uchun zarur profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilishi kerak. Infeksiya o‘choqlari aniqlangan va virus tarqalishi xavfi yuqori hududlarda vaksinalar ta’minotini oshirish lozim. 

"Maymun chechagi koronavirus darajasidagi o‘ta jiddiy muammo emas, biz ushbu virus bilan qanday kurashishni bilamiz" — deydi Xans Klyuge.

Bayonotga ko‘ra, iyun oyi oxiriga kelib, jami 116 mamlakat, jumladan, Markaziy Afrika Respublikasi, Burundi, Keniya va Ruandada kasallanish holatlari qayd etilgan.

Hozir qator davlatlarda virusning "Clade Ib" deb nomlangan yangi shtammi tarqalyapti. Ushbu mutatsiya Kongo Demokratik Respublikasida 500 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. Avgust oyi boshida Shvetsiyada ham maymun chechagining xuddi shu turini yuqtirgan bemorlar ro‘yxatga olingan. 

Britaniyalik olimlar fikricha, "Clade Ib" mutatsiyasi boshqa shtammlarga qaraganda yuqumliroq va nisbatan og‘irroq asoratlarni keltirib chiqaryapti. 

Shunga qaramay, X. Klyuge maymun chechagi virusining har qanday shtammini tegishli epidemiologik chora-tadbirlar hamda xastalikka qarshi vaksinalar orqali nazorat qilish va jilovlash mumkin, degan xulosada.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi'ning rasmi

    Salomatlik Bugun 11:18

    Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi

    Kasallikning O‘zbekistonga ta’siri qanday? Infeksiya kirib kelmasligi uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?

    'Ozishga mo‘ljallangan ukollarni oddiy va foydali mahsulotlar bilan almashtiring'ning rasmi

    Salomatlik 30.06.2025 18:05

    'Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 20:00

    Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?

    Yozning jazirama kunlarida salqin ichimliklarning inson salomatligiga zararli ekanligini aslo unutmaslik lozim. Ayniqsa, ular quyosh tig‘i ostida saqlanayotgan bo‘lsa.

    'Tunda tez-tez uyg‘onish odati shunchaki noqulaylik emas'ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 17:25

    Tunda tez-tez uyg‘onish odati shunchaki noqulaylik emas

    Balki jiddiy kasalliklarning ilk belgilari bo‘lishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 08:57

    ''ning rasmi

    Salomatlik 23.06.2025 17:21