AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda 2023 yilda haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxslar 707 ta YTH sodir etdi

Avtohalokatda 212 nafar shaxs vafot etdi, 546 nafari esa tan jarohati olgan.

'O‘zbekistonda 2023 yilda haydovchilik guvohnomasi yo‘q shaxslar 707 ta YTH sodir etdi'ning rasmi

O‘zbekistonda 2023 yilda haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan shaxslar 707 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Buning oqibatida 212 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Burxanov va 2024 yilning iyul oyida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Sherzod Ibragimov muloqotida ma’lum qilindi.

Senatorning qayd etishicha, 2024 yilning birinchi yarmida mamlakat bo‘yicha qonuniy ravishda o‘qib, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan 10 mln 200 mingdan ortiq qoidabuzarlik sodir etilgan.

2023 yilda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar, ruxsatnomasi bo‘lmay turib yana qaytadan rulga o‘tirgan. Oqibatda ular tomonidan 707 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Ushbu YTHlarda 212 nafar shaxs vafot etgan. 546 nafar shaxs esa turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Bunda haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lganlar umumiy haydovchilarning 0,3 foizini tashkil etadi. Ammo ular tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari jami yuz bergan avariyalarning 11 foizini tashkil etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent hokimi qishga tayyorgarlik ko‘rishga oid farmoyishni imzoladi'ning rasmi

    Jamiyat13.09.2024 21:48

    Toshkent hokimi qishga tayyorgarlik ko‘rishga oid farmoyishni imzoladi

    Gaz, elektr, suv va issiqlik tarmoqlari, uylar, qozonxonalarni ta’mirlash uchun 732,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

    'Quyi Chirchiqda bog‘cha bolalariga qurtlagan ovqat berildi'ning rasmi

    Jamiyat13.09.2024 20:57

    Quyi Chirchiqda bog‘cha bolalariga qurtlagan ovqat berildi

    Mas’ullar holat yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

    'Samarqanddagi maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat13.09.2024 20:53

    Samarqanddagi maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi

    Qizlarni kaltaklagan direktor o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

    'Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda'ning rasmi

    Jamiyat13.09.2024 16:02

    Dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentda erkak kishi boshqa bir erkakka tegajog‘lik qildi'ning rasmi

    Jamiyat13.09.2024 14:44

    Toshkentda erkak kishi boshqa bir erkakka tegajog‘lik qildi

    Voqea yuqumli kasalliklar shifoxonasida sodir bo‘lgan.

    'Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi'ning rasmi

    Jamiyat13.09.2024 14:34

    Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

    Muloqotda tashkilotga a’zo bo‘lish yo‘lida O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan amaliy qadamlar muhokama qilingan.