AsosiyDunyo

“Tolibon” soqol qo‘ymagan 280 dan ortiq politsiyachini ishdan oldi

Yillik hisobotiga ko‘ra, afg‘on an’analariga rioya etmagan 13 mingdan ortiq kishi hibsga olingan.

'“Tolibon” soqol qo‘ymagan 280 dan ortiq politsiyachini ishdan oldi'ning rasmi

“Tolibon” harakati 2023 yilda soqol o‘stirish buyrug‘iga bo‘ysunmagan va shu bilan islom qonunlariga rioya etmagan 280 dan ortiq politsiyachini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi. 

Afg‘oniston idorasining yillik hisobotiga ko‘ra, islom qonunlari va afg‘on an’analariga rioya etmagan 13 mingdan ortiq kishi “axloqsiz harakatlar” uchun hibsga olingan, ularning yarmidan ko‘pi javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, 21 ming 328 ta musiqa asbobi yo‘q qilinib, mahalliy bozorlarda sotilgan “axloqsiz va nomaqbul” filmlar savdosiga chek qo‘yilgan.

Ta’kidlanishicha, hisobotda ayollarning islomiy kiyinish qoidalarini buzgani va erkaklarning hamrohligisiz ko‘chaga chiqqani uchun hibsga olinganini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar aks etmagan.  

Boshqa yangiliklar