AsosiyDunyo

Rossiya qo‘shini Nyu-Yorkni egalladi

Donetsk viloyatida Nyu-York aholi punkti uchun og‘ir janglar ketayotgani aytilmoqda.

'Rossiya qo‘shini Nyu-Yorkni egalladi'ning rasmi

Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Donetsk viloyatiga tegishli Nyu-York aholi punktini egalladi.

Rossiya mudofaa vazirligiga ko‘ra, "Sentr" qo‘shini bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida Ukraina harbiy bo‘linmalari mag‘lubiyatga uchragan va Toretsk aglomeratsiyasidagi strategik ahamiyatga ega Nyu-York aholi punkti nazoratga olingan.

Hudud ruslar tomonidan egallanganini tasdiqlovchi boshqa manba yo‘q. Gap shundaki, Ukraina mudofaa vazirligiga yaqin axborot kanallari 20 avgust kuni tunda Donetsk viloyatida Nyu-York aholi punkti uchun og‘ir janglar ketayotganini xabar qilgan edi.

"Ukrainskaya pravda" nashri esa aholi punktining 20 foiz hududi Ukraina nazoratida ekani, rus harbiylari Nyu-Yorkning bir qismini egallab, Nelipovka hududi tomon harakatlanganini yozgan.

Donetsk viloyati Baxmut tumanida joylashgan Nyu-York aholi punktida urushga qadar 11 ming aholi istiqomat qilgan. Rossiya armiyasi ushbu hududni egallash uchun yoz oylaridan boshlab harakatga kirishgan edi.

Nyu-York aholi punktiga Rossiya imperatritsasi Yekaterina II tomonidan Sharqiy Ukrainaga taklif etilgan mennonitlar jamoasi asos solgan.  1951-2021 yillarda hudud Novgorodskoye deb atalgan.

Rossiya Ukrainaning Donetsk viloyati bo‘ylab ilgarilayotgan bo‘lsa-da, o‘z hududiga kirib borgan ukrain harbiy bo‘linmalarini hali ham chiqarib yubora olganicha yo‘q.

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada migrantlar rus tilidan og‘zaki imtihon topshirishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo18.09.2024 18:05

    Rossiyada migrantlar rus tilidan og‘zaki imtihon topshirishi mumkin

    Mehnat muhojirlari uchun rus tili imtihoniga og‘zaki qismni qo‘shish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

    'Makron prezidentlikdan chetlatilishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo18.09.2024 17:04

    Makron prezidentlikdan chetlatilishi mumkin

    Milliy assambleya bu bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi.

    '"Biz uchun eng katta xavf Putinning Ukraina ustidan qozonadigan g‘alabasi bo‘ladi” — Stoltenberg'ning rasmi

    Dunyo17.09.2024 15:54

    'Germaniya chegara nazoratini kuchaytirmoqda'ning rasmi

    Dunyo16.09.2024 22:41

    Germaniya chegara nazoratini kuchaytirmoqda

    Hukumat shu orqali noqonuniy migratsiyani to‘xtatmoqchi.

    'Yevropada suv toshqinlari kuchaymoqda'ning rasmi

    Dunyo16.09.2024 14:51

    Yevropada suv toshqinlari kuchaymoqda

    “Boris” to‘foni Avstriya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya va Vengriyani qamrab oldi.

    'Trampga yana suiqasd uyushtirishga urinish bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo16.09.2024 08:58

    Trampga yana suiqasd uyushtirishga urinish bo‘ldi

    Otishma Tramp golf klubidan chiqib ketayotganida sodir bo‘lgan.