Toshkent metrosida qizning belidan past qismini ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan erkak uch sutkaga qamaldi. Bu haqda poytaxt sudlari axborot xizmati darakchi.uz’ga xabar berdi.
Unga ko‘ra, 26 iyul kuni fuqaro “Amir Temur” bekati elektrpoyezdi ichida qizning belidan past qismini ushlab unga shahvoniy shilqimlik qilganlikda ayblangan. Sud majlisida huquqbuzar o‘z aybiga iqrorligini, qizning belidan pastiga qo‘li ketib qolgani, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.
Erkak Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va unga ushbu moddaga asosan uch sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.