AsosiyDunyo

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi yangi elchisi tayinlandi

Alisher Abdusalomov Oliy Majlisi Senati Raisi Kotibiyati rahbari lavozimida ishlagan.

'O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

Alisher Abdusalomov O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda "Dunyo AA" xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning yangi elchisi Seul shahriga yetib bordi.

U Seulga tayinlanishidan avval Oliy Majlis Senati Raisi Kotibiyatiga rahbarlik qilgan.

Alisher Abdusalomov kasbiy faoliyatini O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boshlab, yetakchi mutaxassislikdan Bosh boshqarma boshlig‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 

Jumladan, u 2013-2016 yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, 2018-2024 yillarda esa Janubiy Koreyada ham ushbu lavozimda ishlagan.

"Yangi elchi o‘zaro hamkorlikning iqtisodiy, madaniy va diplomatik jihatlariga e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlarni davom ettirish niyatida",- deyiladi xabarda. 

Ma’lumot o‘rnida, Alisher Abdusalomov 1995 yildan 2024 yilgacha qisqa tanaffus bilan O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vitaliy Fen o‘rniga tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trampga yana suiqasd uyushtirishga urinish bo‘ldi'ning rasmi

    DunyoBugun 08:58

    Trampga yana suiqasd uyushtirishga urinish bo‘ldi

    Otishma Tramp golf klubidan chiqib ketayotganida sodir bo‘lgan.

    'Turkiyadagi fabrikada sodir bo‘lgan portlashda 30 ga yaqin odam jarohatlandi'ning rasmi

    DunyoBugun 08:51

    Turkiyadagi fabrikada sodir bo‘lgan portlashda 30 ga yaqin odam jarohatlandi

    Jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum qilindi.

    'Qozog‘iston va O‘zbekiston havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazmoqda'ning rasmi

    Dunyo13.09.2024 14:27

    Qozog‘iston va O‘zbekiston havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazmoqda

    Mashg‘ulotlar davomida havo kuchlari uchuvchilari Qirg‘iziston va Tojikiston havo kengliklarida parvoz qilmoqda.

    'Rossiyada bolalarni jinsiy zo‘rlagan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi'ning rasmi

    Dunyo13.09.2024 14:01

    'Tramp Xarris bilan bo‘ladigan navbatdagi debatdan bosh tortdi'ning rasmi

    Dunyo13.09.2024 10:00

    Tramp Xarris bilan bo‘ladigan navbatdagi debatdan bosh tortdi

    Sobiq prezident avvalgi debatda g‘olib chiqqanini aytib, raqibi bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qilgan.

    'AQSHda osmono‘par bino portlatib yuborildi'ning rasmi

    Dunyo12.09.2024 16:36

    AQSHda osmono‘par bino portlatib yuborildi

    Inshoot 40 yil oldin barpo etilgandi.