AsosiySalomatlik

Soch ektirishda donor sochidan foydalanish mumkinmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha ma’lumot berdi.

'Soch ektirishda donor sochidan foydalanish mumkinmi?'ning rasmi

Soch ektirishda donor sochidan foydalanish mumkinmi? Bu bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Soch — insonning yarim husni. Uning ortiqcha to‘kilishi esa ko‘pchilikda psixologik muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bois bugun bu holatning oldini olish uchun zamonaviy tibbiyot bemorlarga soch ekish amaliyotini taklif etmoqda.

Xo‘sh, bunda nimalarga e’tibor berish kerak? Ushbu muolaja o‘tkazilgan insonlar nimalardan ehtiyot bo‘lishlari lozim? Kimlarda bu amaliyotni amalga oshirish mumkin emas?

— Avvallari soch to‘kilishi asosan 40 yoshdan keyin kuzatilgan bo‘lsa, Hozirga kelib, bu holat yoshlar o‘rtasida ham ko‘p uchramoqda, — deydi mutaxassis. — Hatto, mijozlar orasida 20 yoshgacha bo‘lgan yigitlarni ham uchratish mumkin.

Soch ektirish uchun, eng avvalo, tajribali mutaxassisga murojaat qilish lozim. Chunki ushbu amaliyot juda nozik hisoblanadi. Malakali mutaxassis esa sizga bu borada zarur tavsiyalarni bera oladi.

Mazkur muolaja o‘tkazilgan mijozlar 7-10 kun davomida jismoniy va asabiy zo‘riqishlardan tiyilishi kerak. Shuningdek, soch teriga o‘rnashib, yaxshi joylashib olguniga qadar sport zallariga chiqish, og‘ir mashg‘ulotlarni bajarish mumkin emas.

Sochni yuvish masalasiga kelsak, ortiqcha kimyoviy moddalar qo‘shilmagan bolalar shampunidan foydalanish tavsiya etiladi. Faqat amaliyotdan bir oy o‘tgandan so‘ng, sochlarni istalgan shampunda yuvish mumkin.

Shuni aytish kerakki, soch boshqa organizmda umuman rivojlanmaydi. Shu bois bemorning eng yaqin insonlari ham unga donor bo‘la olmaydi. Agar mijozning donorlik qismida tolalar siyrak bo‘lsa, soqol va ko‘krak qafasi sohasidan tuk olib o‘tkaziladi.

Mazkur amaliyotni bajarishga qarshi bir qancha ko‘rsatmalar mavjud. Misol uchun, qon ivish tizimidagi kasalliklar, allergik reaksiyalar hamda qandli diabetning xavfli turlarida soch ekib bo‘lmaydi. Qolaversa, 15 yoshdan kichik bolalarda ham bu muolajani o‘tkazish tavsiya etilmaydi.

Soch to‘kilmasligi uchun bir qancha salbiy omillar – nurlanish, nerv tolalari zararlanishi, mikroelementlar yetishmovchiligi hamda vitaminlar tanqisligidan saqlanish lozim.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?'ning rasmi

    Salomatlik 20.12.2024 22:32

    Bolalarda bo‘y o‘smasligiga qanday omillar sabab bo‘ladi?

    Laron sindromi — kam uchraydigan genetik kasallik. Bunda o‘sish gormoni retseptor-oqsilining tuzilishi buzilgan bo‘ladi.

    'Kimlar dorilarni bepul olishi mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 20.12.2024 20:23

    Kimlar dorilarni bepul olishi mumkin?

    Surunkali kasalliklarga chalingan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron retsepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 17.12.2024 18:41

    'Bolalarda xavfli o‘sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?'ning rasmi

    Salomatlik 11.12.2024 17:56

    Bolalarda xavfli o‘sma kasalliklar rivojlanayotganini qanday bilish mumkin?

    So‘nggi paytlarda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat va ichimlik suvi tarkibida sun’iy qo‘shimchalarning ko‘payishi hamda yashash hududlarida kanserogen moddalarning tarqalishi tufayli bu kasallik nafaqat katta yoshli insonlar, balki bolalar orasida ham ko‘p uchramoqda.

    'JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi'ning rasmi

    Salomatlik 09.12.2024 12:31

    JSST tuberkulyozni tezkor aniqlashga mo‘ljallangan yangi diagnostika usulini tasdiqladi

    Tibbiy test natijalari bir necha soat ichida ma’lum bo‘ladi.

    'Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda'ning rasmi

    Salomatlik 28.11.2024 13:29

    Yer yuzi aholisining qariyb yarmi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi hisobotiga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning eng keng tarqalgan turlaridan.