AsosiyJamiyat

O‘zbekistonliklar 7 oyda qariyb 54 tonna fransuz muzqaymog‘ini tanovul qilgan

2024 yilda O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln dollarga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

'O‘zbekistonliklar 7 oyda qariyb 54 tonna fransuz muzqaymog‘ini tanovul qilgan'ning rasmi

2024 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 7 oyida O‘zbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

  • Rossiya – 968 tonna
  • Qozog‘iston – 618 tonna
  • Fransiya – 53,8 tonna
  • Belarus R. – 36,7 tonna
  • Litva – 17,4 tonna

Ma’lumot uchun, 2022 yilda O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 5,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,2 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

    Boshqa yangiliklar