AsosiyJamiyat

“O‘zbekiston davlat qarzi 37 mlrd dollarga yetdi”

Jamshid Qo‘chqorov ichki qarz miqdorini ma’lum qildi.

'“O‘zbekiston davlat qarzi 37 mlrd dollarga yetdi”'ning rasmi

Joriy yilning 5 sentyabr kuni parlament yig‘ilishi o‘tkazilgan. Yig‘ilish davomida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston davlat qarzi qoldig‘i 37 mlrd dollarni tashkil qilganini ma’lum qildi.

Vazirning qayd etishicha, joriy yilning dastlabki yarmida davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 33,2 foiziga teng bo‘lgan.

“Hisobot davrida davlat qarzining qoldig‘i qariyb 37 milliard dollarni tashkil etdi. Shundan davlat tashqi qarzi 30,9 mlrd dollar, ichki qarzi 6,1 milliard dollarga yetgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi hisobotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston davlat qarzi mo‘tadil darajada.

Joriy yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston nomidan davlat kafolati ostida jami 2,8 milliard dollarlik tashqi qarz shartnomalari imzolangan. Shuningdek, davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash, joriy yilda so‘ndiriladigan xalqaro obligatsiyalarni qayta moliyalashtirish maqsadida jahon moliya bozorlariga 1,5 mlrd dollar miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar chiqarildi”, - deydi vazir Jamshid Qo‘chqorov.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar