AsosiyJamiyat

Samarqandda dunyo to‘qimachilik sanoati va moda industriyasidagi  konferensiya  o‘z ishini boshladi

Xalqaro konferensiyani yoritish maqsadida jahonning 15 mamlakatidan 30 dan ortiq xorijlik jurnalistlar tashrif buyurgan.

'Samarqandda dunyo to‘qimachilik sanoati va moda industriyasidagi  konferensiya  o‘z ishini boshladi'ning rasmi

Samarqandda dunyo to‘qimachilik sanoati va moda industriyasidagi  konferensiya  o‘z ishini boshladi.

3 kun davom etadigan tadbir paxtani yetishtirishdan tortib uni qayta ishlashgacha bo‘lgan  barcha jarayonlar muhokamasini o‘zi ichiga olgan 7 ta panel sessiyada olib boriladi.

 "Xalqaro anjumanning sababchilari bo‘lgan ikkita yirik uyushma  dunyoning 82 foiz to‘qimachilik korxonalarini o‘zida birlashtiradi".

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov.

Ana shunday nufuzli tadbirga mezbonlik qilayotganimizning o‘ziyoq dunyoda yurtimiz to‘qimachilik sanoatiga bo‘lgan qiziqish, ishonch va e’tibor oshib borayotganidan dalolat beradi. Bu shunchaki mezbonlik emas. Tadbir, avvalo, tarmoq korxonalarining jahon bozoriga yanada keng kirib borishiga yo‘l ochadi. Yaqin yillargacha bizning asosiy bozorimiz Markaziy Osiyo davlatlari bo‘lib kelgan. Faol hamkorlik aloqalari va sohadagi rivojlanishlar tufayli dunyo maydoniga kirib bordik va eksportda sezilarli natijalarga erishyapmiz. Tadbirkorlarimiz paxta xomashyosini to‘liq qayta ishlab, sifatli tayyor mahsulotga aylantiryapti, endi mashhur brendlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashga intilyapmiz. Ular imkoniyatlarimizni bilishi uchun buni ko‘rib, tanishishi kerak. Shu jihatdan, xalqaro tadbir qayta ishlashda qaysi darajaga chiqqanimiz, to‘liq qiymat zanjiri yaratilgani va tayyor mahsulotlarimiz jahon bozorida bemalol raqobatga kirisha olayotganini ko‘rsatuvchi ko‘prik vazifasini o‘taydi. Anjumanda 260 dan ortiq xorij kompaniyasi ishtirok etayotgan bo‘lsa, ularning 50 dan ziyodi mashhur brendlar. Talabgorlarni yurtimizda soha rivoji uchun yaratilgan sharoit, berilayotgan imtiyozlar, ishchi kuchi va kafolatlangan xomashyo, ayniqsa, qiziqtirmoqda.

"O‘zbekistonda vertikal integratsiya va sanoatning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilgan" 

Xitoyning “Decor” kompaniyasi direktori Maykl Say

Bizning kompaniyamiz global miqyosda kiyim-kechak va akksessuarlar dizayni hamda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.  Bu mamlakatning odamlari menda juda iliq taassurot qoldirdi. Ular juda mehmondo‘st, samimiy. Shahardagi tarixiy obidalarni ko‘rishga hali vaqtim bo‘lmadi, ammo yo‘l-yo‘lakay ularga ko‘zim tushdi, haqiqatan juda chiroyli. 

Xalqaro konferensiyaga keladigan bo‘lsak, bizniki kabi kompaniyalar uchun ajoyib platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu yerda tarmoqning ko‘plab yetakchilari bilan fikr almashish, o‘z yutuq va tashabbuslarimiz bilan o‘rtoqlashish imkonini beryapti. Yangi hamkorlik topish niyatidamiz. Har bir hamkorlik kompaniyamizning to‘qimachilik sanoatidagi umumiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Bu raqobat bozorini o‘rganishga ham yordam beradi.

Ko‘mpaniyamiz dunyoning turli davlatlari bilan hamkorlik qiladi. Hozirda 21 ta ofisimiz bor va ularda turli millat vakillari ishlaydi. Biz marketing, dizayn, ishlab chiqarish va logistikani o‘zida jamlagan to‘liq paketli xizmat ko‘rsatamiz. Mahsulotlarimizni jahonning to‘qqizta davlatiga yetkazib beramiz. Xitoydan tashqari Vetnam, Hindiston, Meksika, Bangladesh kabi mamlakatlarda ishlab chiqarish faoliyatimiz bor. O‘zbekistonni ham ular qatoriga qo‘shishni o‘ylayapmiz. Bu diyorning to‘qimachilik sanoatini o‘rganib, bozorga tayyorligini aniqlagach, strategiya asosida ish boshlashni, sohaga investisiya kiritishni rejalashtirganmiz. Hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz.

Nazarimizda, O‘zbekistonda vertikal integratsiya va sanoatning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilgan. Soha vakillariga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatloq ham e’tiborga loyiq. Bu omillar mamlakatning to‘qimachilik sanoatida juda muhim o‘rin tutadi. Biz ikki tomon uchun ham birdek manfaatli hamkorlik o‘rnatmoqchimiz. Eng zamonaviy tajriba va texnologiyalar, katta investiyalarni O‘zbekistonga olib kelishimiz mumkin. Chunki dunyoning eng yirik chakana savdo brendlari bilan hamkorligimiz bor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrif yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:41

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrif yakunlandi

    Prezident mintaqa mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

    'O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:26

    O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi

    O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda va uning muvaffaqiyatli kelajagi ko‘p jihatdan yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligiga bog‘liq.

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:06

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 15:31

    Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi

    Samarqand viloyatida ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi holati o‘rganildi

    'O‘zbekiston Prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 15:06

    O‘zbekiston Prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi

    Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo va Germaniya" Investorlar va tadbirkorlar kengashini ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.

    '“Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 14:14

    “Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda

    Ayni daqiqalarda IHTning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligidagi tadbirlar boshlandi.