AsosiyJamiyat

Buxoroda o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori jarimaga tortildi

Unga nisbatan BHM 100 baravari — 34 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

'Buxoroda o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori jarimaga tortildi'ning rasmi

Buxoro viloyatining Romitan tumanida o‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” loyihasiga ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 mln so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya xabar berdi.

Ma’lum qinishicha, komissiya tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda “Tashabbusli budjet” uchun ayrim soha vakillarining ovoz yig‘ish ishlariga jalb qilinganligi holatlari atroflicha o‘rganildi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha Buxoro viloyati Romitan tumani 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan maktab o‘qituvchilarini lavozim yo‘riqnomasiga kirmaydigan “Tashabbusli budjet” loyihasiga ovoz yig‘ishga majburan jalb qilganligi aniqlandi. 

Unga nisbatan BHM 100 baravari — 34 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

“Milliy komissiya barcha mas’ullarni, shuningdek, ish beruvchilarni, hudud rahbarlarini xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga chaqiradi”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat02.10.2024 13:32

    ''ning rasmi

    Jamiyat02.10.2024 13:21

    ''ning rasmi

    Jamiyat02.10.2024 13:12

    'Davron Kabulovning otasiga sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

    Jamiyat02.10.2024 11:28

    Davron Kabulovning otasiga sud hukmi o‘qildi

    Bosh prokuratura ish bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

    'Endi ish qidirayotgan shaxslardan ortiqcha hujjatlar so‘ralmaydi'ning rasmi

    Jamiyat02.10.2024 09:50

    Endi ish qidirayotgan shaxslardan ortiqcha hujjatlar so‘ralmaydi

    “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

    'Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga kelayotgan reyslar majburan kechiktirildi'ning rasmi

    Jamiyat02.10.2024 09:08

    Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga kelayotgan reyslar majburan kechiktirildi

    Bunga Yaqin Sharq havo hududining bir qismining yopilishi sabab bo‘lgan.