Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 2-turi ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Sport vazirligi xabar qildi.
2-turda yigitlar terma jamoamiz Misrni 3.5-0.5 hisobida, qizlarimiz esa Angolani 3:1 hisobida taslim etishdi.
3-turda yigitlarimiz Xorvatiya terma jamoasi bilan bahsga kirishsa, qizlar terma jamoamiz mezbon Vengriya bilan to‘qnash keladi.
Bahslar 18:00da boshlanadi.