AsosiyJamiyat

Raqobat qo‘mitasi "UzAutoMotors"ga qarshi ish qo‘zg‘atdi

Qo‘mita kompaniyaga sotilgan 37 ta “Lacetti"ni qaytarib olib, texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berdi.

'Raqobat qo‘mitasi "UzAutoMotors"ga qarshi ish qo‘zg‘atdi'ning rasmi

Raqobat qo‘mitasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan fuqaro A. D.ga o‘ziga tegishli 2023 yilda  “UZAUTO MOTORS” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Lacetti L-Stayle MT” rusumli avtomobil olinganiga 5 oy ham bo‘lmasdan nosozligi tufayli yonib ketganligini, lekin ishlab chiqaruvchi tomonidan ushbu holat o‘z vaqtida bartaraf etilmayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Ushbu murojaat Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilganda holat o‘z tasdig‘ini topgan.

Shuningdek, aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobilda yong‘in chiqishi holati Navoiy viloyatida ham kuzatilganligi aniqlangan. 

Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 14 va 20-moddalari talablari buzilish alomatlari bo‘yicha “UZAUTO MOTORS” AJ va “PSM-AVTOSAVDO” MCHJlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.

Qo‘mita tomonidan ushbu holat inson hayoti va uning sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligi holatlarini inobatga olgan holda, yuqorida qayd etilgan avtomobil bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan 37 ta aynan shu markali (modelli, artikuli) avtomobillarni 10 kunlik muddatda chaqirtirib olinib, texnik ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, murojaat qilgan fuqaroga ayni shunday markali yangi avtomobil almashtirib berilgan hamda iste’molchi talab qo‘ygan vaqtdan boshlab o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun avtomobil bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘lashi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar