AsosiyJamiyat

O‘zbekiston yaxshi rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy oldi

Bu yilgi Global kiberxavfsizlik indeksida mamlakatlarning kiberxavfsizlik tahdidlariga tayyorgarlik choralari  5 ta pog‘onaga bo‘lib baholangan.

'O‘zbekiston yaxshi rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy oldi'ning rasmi

O‘zbekiston Global Cybersecurity Index 2024da T2 Advancing - yaxshi rivojlanayotgan davlatlar qatoridan joy oldi, deya xabar bermoqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

Bu yilgi Global kiberxavfsizlik indeksida mamlakatlarning kiberxavfsizlik tahdidlariga tayyorgarlik choralari  5 ta pog‘onaga bo‘lib baholangan (eng pastidan yuqorigacha: T5 Building - poydevori yaratilayotgan, T4 Evolving - shakllanayotgan, T3 Establishing - mustahkamlanayotgan, T2 Advancing - yaxshi rivojlanayotgan, T1 Role-modeling - namuna bo‘layotgan).

"O‘zbekiston avvalgi indeksga nisbatan o‘sib, T2 Advancing - yaxshi rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiritilgani mamlakatimizda bu sohaga ham alohida e’tibor berilayotganining o‘ziga xos tasdig‘i bo‘lib xizmat qiladi.

Albatta, xali bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar juda ko‘p, ayniqsa raqamli texnologiyalar hayotimizga keng kirib kelayotgan davrda aholimizning barcha qatlamlarini kiberxavfsizlik tahdidlaridan ogoh bo‘lib, firibgarlarga ishonmaslik ko‘nikmalarini shakllantirish eng qiyin bo‘lgan vazifalardandir", - deydi vazir.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.