Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdi. Bu haqida Prezident yordamchisi o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Muloqotda tashkilotga a’zo bo‘lish yo‘lida O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan amaliy qadamlar muhokama qilingan.
Milliy qonunchilikni JST normalari va qoidalari bilan uyg‘unlashtirish borasida O‘zbekiston erishgan natijalar hamda boshqa ijobiy o‘zgarishlar e’tirof etilgan.