Ijtimoy tarmoqlarda 12 sentyabr kuni «Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Beruniy mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasida yosh bollarga qurtlagan ovqat berishayotanganligi» haqida xabar tarqaldi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, shu kunning o‘zida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullaridan iborat ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi. Unga ko‘ra, holat joriy yilning 23 avgust kuni tuman MMTB ga qarashli 17- sonli DMTTda sodir bo‘lgan.
Shu kuni bolalarga tayyorlangan sutli (psheno) ovqati sanitar gigenik tarizda tayyorlanmagani, taomdagi masalliqlar (oziq-ovqatlar) omborxonada saqlanishi kuzatilganda sanitar holati yaxshi emasligi, ayrim oziq-ovqatlarning markirovkasi yo‘qligi aniqlangan.
Undan tashqari oshxonada oshpaz maxsus formasiz ovqat tayyorlayotgani, bir kun oldingi kunlik sinamalar olinmagani, DMTT da bosh oshpaz va oshpaz yordamchisi shtati vakantiligi sababli mazkur tashkilotning bir nafar kirchisi maxsus formasiz oshxonada taom tayyorlayotgani ham oydinlashgan.
Ayni paytda mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.