AsosiyJamiyat

O‘zbekiston va AQSH bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi sahifasini ochdi

Shu paytga qadar mamlakatlar bojxona xizmatlari o‘rtasida hozirga qadar o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosi ham mavjud bo‘lmagan.

'O‘zbekiston va AQSH bojxona sohasidagi hamkorlikning yangi sahifasini ochdi'ning rasmi

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Amerika qo‘shma shtatlarida bo‘lib, bojxona sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim uchrashuvlar va muzokaralar olib borishmoqda. Bu haqida qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrifning asosiy voqeligi – Vashingtonda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov hamda AQSHning Bojxona chegara xizmati komissari Troy Miller o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlashlaricha, O‘zbekiston-AQSH o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng o‘tgan 32 yil davomida ikkala davlat bojxona xizmatlari rahbarlari o‘rtasida bu formatdagi yuzma-yuz rasmiy uchrashuv ilk bor o‘tkazilmoqda. Shu boisdan hozirga qadar o‘zaro hamkorlikning huquqiy asosi ham mavjud bo‘lmagan. 

Shuning uchun ham muzokaralarda asosiy e’tibor bojxonada xavflarni monitoring qilish, bojxona tartibotlarini raqamlashtirish hamda inson resurslaridan samarali foydalanish kabi dolzarb masalalarga qaratilgan.

Uchrashuvnining tarixiy ahamiyati shundaki, O‘zbekiston-AQSH bojxona xizmati rahbarlari bojxona sohasidagi hamkorlikning muhim huquqiy asosi - “Hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida”gi Bitimni imzolashgan. 

O‘zaro munosabatlarda yangi sahifa ochuvchi mazkur hujjat O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida bojxona sohasida  axborot almashish imkonini beradi va giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi, transmilliy jinoiy guruhlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashga qarshi kurashishda hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 

E’tiborli tomoni shundaki, AQSH bojxona sohasida hamkorlikni nazarda tutuvchi bu kabi ikki tomonlama bitimlarni dunyo bo‘ylab 200 ga yaqin davlatlar ichida atigi 17 ta davlat bilan imzolagan bo‘lsa, O‘zbekiston bu ro‘yxatda 18-davlat sifatida qayd etilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yana bir xonanda jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2024 20:17

    Yana bir xonanda jarimaga tortildi

    Avtomobilini 197 km/soat tezlikda haydab, uni ijtimoiy tarmoqqa joylagan xonanda Osman Navruzovga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

    'Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2024 18:50

    Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan.

    'Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2024 17:42

    Toshkent mozaikalari ikkita nufuzli xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

    Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida g‘olib chiqdi.

    'O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2024 17:37

    O‘zbekistonga nam va salqin havo oqimi kirib keladi

    Dam olish kunlari qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatiladi.

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2024 16:01

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi'ning rasmi

    Jamiyat 04.10.2024 15:48

    Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi

    Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.