Bugun 18 sentyabr kuni soat 07:28 da Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar qildi.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘in soat 07:58 da qurshab olinib, soat 08:56 da batamom o‘chirildi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q.
Yong‘inni bartaraf etish jarayonini, Toshkent shahar FVB boshlig‘i nazoratida amalga oshirildi.
Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.