AsosiyJamiyat

Urganch davlat universiteti 29,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan

Ushbu mablag‘ga 7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi rejalashtirilgan.

'Urganch davlat universiteti 29,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan'ning rasmi

O‘rganishlar davomida universitet tomonidan Xorazm viloyati qurilishda tanlov savdolarini tashkil etish konsalting markaziga yuborilgan anketada “7 qavatli, 600 o‘rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi” obyektini sohaviy mansubligi va xavf-xatar toifasi II-toifa qilib belgilanganligi ma’lum bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2020 yildagi  496-sonli qaroriga asosan, 9 qavatgacha bo‘lgan Oliy ta’lim muassasalari III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozimligi qayd qilingan. 

Ammo Urganch davlat universiteti tomonidan III-toifa sifatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi lozim bo‘lgan obyektni II-toifa qilib belgilashi natijasida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.

Yuqoridagilarga asosan, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan Urganch davlat universitetiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan buyurtmachi tashkilot mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilash yuzasidan tegishli sud organiga ma’lumotlar yuborildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

    Boshqa yangiliklar