AsosiyJamiyat

Birdaniga uchta aviakompaniya Navoiyga havo qatnovlarini boshladi

Latviyaning "SmartLynx Airlines" aviakompaniyasi, Britaniyaning "Titan Airways" va O‘zbekistonning "FlyKhiva" aviakompaniyalari Navoiyga yuk tashuvlarini amalga oshira boshladi.

'Birdaniga uchta aviakompaniya Navoiyga havo qatnovlarini boshladi'ning rasmi

Britaniyaning "Titan Airways" aviakompaniyasi joriy yilning 12 sentyabr kuni Chunsin – Navoiy – London yo‘nalishi bo‘yicha ilk charter yuk reysini amalga oshirdi. Xitoydan Buyuk Britaniyaga reyslar haftasiga to‘rt marta Airbus A330 yuk tashuvchi samolyotlarida Navoiyda texnik to‘xtash joyi bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

17 sentyabrda Latviyaning "SmartLynx Airlines" aviakompaniyasi Varna (Bolgariya) – Navoiy (O‘zbekiston) – Dakka (Bangladesh) yo‘nalishi bo‘yicha birinchi charter yuk reysini amalga oshirdi. Navoiyda texnik to‘xtash bilan Bolgariyadan Bangladeshga parvozlar Airbus A321 yuk tashuvchi samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

18 sentyabr kuni "FlyKhiva" mahalliy aviakompaniyasi ham Echjou (Xitoy) – Lej (Belgiya) yo‘nalishi bo‘yicha, Navoiy shahrida texnik to‘xtash bilan, charter reyslarini yo‘lga qo‘ydi. Parvozlar yuk ko‘tarish quvvati 50 tonnagacha bo‘lgan Boeing 767-300 samolyotlarida amalga oshiriladi. Dastlabki bosqichda reyslar haftasiga to‘rt marta amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar