AsosiyJamiyat

Endi noqonuniy migrantlar Rossiya banklaridan foydalana olmaydi

Mamlakatda noqonuniy migrantlar reyestri tuzilmoqda.

'Endi noqonuniy migrantlar Rossiya banklaridan foydalana olmaydi'ning rasmi

Rossiyadagi noqonuniy migrantlar banklardan foydalana olmaydi, turmush qura olmaydi va bolalarini maktabga bera olmaydi. Bu haqida mamlakat ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda zamon.uz.

“Rossiya hukumati mamlakatdagi noqonuniy migrantlar reyestrini tuzmoqda”, — deya ma’lum qildi mamlakat ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, reyestrga kiritilgandan so‘ng xorijliklar transport vositalarini haydash, bank xizmatlaridan foydalanish, mulkni ro‘yxatga olish, nikoh tuzish va bekor qilish, bolalarini bog‘cha va maktablarda ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

Ro‘yxatga olish kitobi qachon yaratilishiga aniqlik kiritilmadi. 

Bir kun avval mamlakat Ichki ishlar vazirligi Rossiya migratsiya tizimida 6 milliondan ortiq xorij fuqarosi ro‘yxatga olinganini ma’lum qilgandi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich kamida 8,5 milliontani tashkil qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:24

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:50

    'O'zbekiston va Europa Ittifoqi o'rtasida tarixiy hujjat imzolandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:00

    O'zbekiston va Europa Ittifoqi o'rtasida tarixiy hujjat imzolandi

    Bryusseldа EPCA — kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

    'Hindistonda avtobus yonib ketib, 20 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:42

    Hindistonda avtobus yonib ketib, 20 kishi halok bo‘ldi

    Yoʻlovchilar tez tarqalgan yongʻindan chiqib ketishga ulgurmagan.

    'Oʻzbekistonda qashshoqlikni qisqartirish va yangi ijtimoiy himoya modeli shaklanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:21

    Oʻzbekistonda qashshoqlikni qisqartirish va yangi ijtimoiy himoya modeli shaklanmoqda

    2017 yildan beri olib borilayotgan islohotlar natijasida 2,3 milliondan ortiq oila ijtimoiy yordam bilan qamrab olindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:48