AsosiyJamiyat

"Mashinam murda tashuvchi emas"

Haydovchi 19 yoshli qizni urib yuborib, uni shifoxonaga yetkazishdan bosh tortdi.

'"Mashinam murda tashuvchi emas"'ning rasmi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Gentra haydovchisi katta tezlikda piyodalar o‘tish joyida 19 yoshli qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi, deb yozmoqda Kun.uz.

YTH 18 sentyabr kuni soat 11:30 da Samarqand darvoza va Abu Ali ibn Sino ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. 28 yoshli haydovchi svetoforda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan qizni urib yuborgan.

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, voqea sodir bo‘lganidan keyin qiz bir muddat tirik bo‘lgan, haydovchi uni kasalxonaga olib borishdan bosh tortgan. Tez yordam kelguniga qadar u vafot etgan.

"Odam urib ketdi deyishdi. Jon holatda pastga tushdim. Kelib qarasam, qiz og‘ir ahvolda yotgan ekan. Haydovchiga ko‘tar, yordam ber, dedim. U bo‘lsa, qo‘lida elektron sigaret ko‘tarib olgan, „mashinamga o‘lik ortmayman“, deb javob berdi. Biroz o‘tib qiz jon berdi. Haydovchi juda katta tezlikda kelgan. Men ikkinchi qavatdan tushib, to buyoqqa kelgunimcha qiz tirik edi. Keyin 5 minutdan so‘ng jon berdi. Tez yordam mashinasi keyin keldi», — dedi voqea guvohlaridan biri.

Marhumning otasi Akmal Sulaymonov huquq-tartibot idoralaridan aybdorni qonun doirasida jazolashni so‘radi.

«Farishtaday qizimning boshini yedi. Insof, vijdoni yo‘q ekan. Ota-onasi ta’ziyaga kelib, bir og‘iz ko‘ngil so‘ramadi. Yigit ozodlikda yurganmish… O‘sha yerdagi bitta, ikkitasi aytdi, u „mashinam trupovozka emas“ deb aytgan emish. G‘alati gapirgan-da, uning nima haqqi bor? Ertaga o‘zining o‘ligi ko‘chada xor bo‘lsin… Qizim 19 yoshda edi, avgust oxirida tug‘ilgan kunini o‘tkazgan edik… [Olamdan] o‘tganini hali ham anglaganim yo‘q. Ukasi gapira olmayapti. Singlisi ikki-uch kundan beri ovqatlangani yo‘q, majburlab ovqatlantiryapmiz. Uyda onam, yana uchta farzandim va ayolim bor. 5 kishini tinchlantirib, uxlatgunimcha bomdodga azon aytyapti… U ayb qildimi, jazo olishi shart… Yana o‘tib, [yordam berish o‘rniga] chekishiga balo bormi», — dedi u.

Ma’lum qilinishicha, marhuma Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida tahsil olgan.

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentdagi KHAY ko‘chasining bir qismi bir oyga yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 10:04

    Toshkentdagi KHAY ko‘chasining bir qismi bir oyga yopildi

    Haydovchilarga muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

    'Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ayolda to‘lg‘oq boshlanishi sabab yana favqulodda qo‘ndi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 08:55

    'Bugun O‘zbekistonda harorat sezilarli pasayadi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 08:02

    Bugun O‘zbekistonda harorat sezilarli pasayadi

    Qator hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

    '"Qamchiq" dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 07:59

    "Qamchiq" dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi

    Hodisaga kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan.

    'Layk uchun otasini urmoqchi bo‘lgan 24 yoshli yigit 15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 05.11.2024 22:32

    Layk uchun otasini urmoqchi bo‘lgan 24 yoshli yigit 15 sutkaga qamaldi

    U videoni hazil tariqasida olganini, kutilmaganda tarqalib ketganini bildirgan.

    'Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 05.11.2024 20:12

    Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi

    U 1 mln. dollar pora olayotgan vaqtda qamoqqa olindi.