AsosiyMadaniyat

Britaniyada “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi

Ko‘rgazma 26 sentyabrdan 23 fevralga qadar tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi.

'Britaniyada “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi'ning rasmi

26 sentyabrdan Buyuk Britaniya muzeyida “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva xabar qildi.

“O‘zbekistondan olib boriladigan noyob osori atiqalar boy madaniy merosimizni, diyorimizning Ipak yo‘li tarixidagi muhim o‘rnini aks ettiradi.

Britaniya muzeyida namoyish etiladigan eksponatlar V-X asrlar oralig‘ida Ipak yo‘li bo‘ylab harakatlangan insonlar, mahsulot va g‘oyalar madaniy hamda tarixiy aloqalarning rivojlanishiga qanday xizmat qilganini ko‘rsatadi. Ko‘rgazma 2024 yil 26 sentyabrdan 2025 yil 23 fevralga qadar tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

    Boshqa yangiliklar