AsosiyJamiyat

Turizm qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

Bu haqda Prezident Qarori qabul qilindi.

'Turizm qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi'ning rasmi

“O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga ko‘ra, Xalqaro qo‘shma komissiyadan (Joint Commission International) akkreditatsiyadan o‘tgan dastlabki 30 ta xususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiyadan o‘tish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. 

Turizm qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

O‘zbekistonning chegara bojxona postlari hududida xorijiy fuqarolar uchun respublikadagi tibbiyot, sog‘lomlashtirish muassasalari imkoniyatlari to‘g‘risida targ‘ibot kampaniyalarini tashkil qilish;

  • davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestrini shakllantirish va uni doimiy ravishda yangilab borish;
  • toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylarni sertifikatlashtirilishini tashkil qilish;
  • maxsus tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi yo‘nalishlari (marshrutlari)ni ishlab chiqish.

2025 yil 1 martgacha quyidagilar ishga tushiriladi:

  • tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va tibbiy turizm yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi turoperatorlarning xizmatlari sifati baholab borilishini nazarda tutuvchi reytingni shakllantirish uchun elektron platforma;
  • davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.