AsosiyJamiyat

O‘zbekistonga kelgan germaniyaliklar soni 5,2 ming nafarga ko‘paygan

8 oyda 23 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

'O‘zbekistonga kelgan germaniyaliklar soni 5,2 ming nafarga ko‘paygan'ning rasmi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida 23 ming nafar Germaniya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,2 ming nafarga yoki 29,4 % ga oshgan.

2024 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Germaniya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

  • dam olish – 19 195 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 2 817 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 951 nafar;
  • tijorat – 50 nafar;
  • o‘qish – 28 nafar;
  • davolanish – 7 nafar.

    Boshqa yangiliklar