AsosiyJamiyat

30 mingga yaqin obyektga 500 nafar nazoratchi nomma-nom biriktiriladi

Davlat hisobidan qurilayotgan barcha obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera o‘rnatiladi.

'30 mingga yaqin obyektga 500 nafar nazoratchi nomma-nom biriktiriladi'ning rasmi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov qurilish sohasida davlat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Aniqlangan xato va kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida hududiy inspeksiyalarda quruvchi-operatorlar shtabi tashkil qilinadi. 

Bu esa  inspeksiyalar mansabdor shaxslari hatti-harakati hamda qurilish obyektidagi qurilish-montaj ishlarini onlayn nazorat qilish imkonini yaratadi.

Davlat hisobidan qurilayotgan barcha obyektga toifasiga qarab kamida 2 tadan videokamera o‘rnatiladi. Kuzatuv qurilmasi operatorlar shtabiga ma’lumotlarni onlayn yetkazib turadi. Shu orqali qurilish jarayonlari, buyurtmachining texnik, loyihachining mualliflik, pudratchining ichki nazorat ishlari  doimiy davlat nazoratida bo‘ladi.

 Noqonuniy qurilishlar bo‘yicha mahalla raislari va jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda. Bu orqali shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, hududiy inspeksiyalar ro‘yxatidan o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan boshlab yuborilgan qurilishlarni o‘z vaqtida to‘xtatish choralari ko‘riladi.

Endilikda har bir qurilayotgan obyekt oldida QR kodli pasport bo‘lishi shart.   Agar bunday turdagi pasport bo‘lmasa, qurilish noqonuniy hisoblanadi. Qurilish pasportida qurilishga taalluqli  barcha shaharsozlik hujjatlari bo‘lishi shart.

Ushbu choralarni kuchaytirish, qurilishlarni sifatli bo‘lishiga, o‘z muddatida topshirilishiga, noqonuniy va pala partish qurilishlarga chek qo‘yishga, inspeksiya xodimlari tomonidan turli nojo‘ya hatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 23:21

    'Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 22:31

    'O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 21:27

    O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” shiori ostidagi “Ma’rifat karvoni” yakuni bo‘yicha “Erishilgan yutuq va kamchiliklar: istiqboldagi rejalar” mavzusida anjuman o‘tkazildi.

    'Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:49

    Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi

    Prezident farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.

    'Namanganda maktab direktori xonasida qimor o‘yinini tashqil qildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:32

    Namanganda maktab direktori xonasida qimor o‘yinini tashqil qildi

    Direktor IIB xodimlari tomonidan xizmat xonasida sheriklari bilan qo‘lga tushgan.

    'Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:25

    Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi.