AsosiyJamiyat

Toshkentda poyga vaqtida blogerni urib yuborgan haydovchi ozodlikda

Unga berilgan jazo bir oy o‘tib shartli qilindi va sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

'Toshkentda poyga vaqtida blogerni urib yuborgan haydovchi ozodlikda'ning rasmi

Avval Toshkentda poyga vaqtida haydovchi avtotuning_uz Instagram sahifasi asoschisini urib yuborgani, jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgan edi. 

Ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilgan va haydovchi 2 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan va 3 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Sud qarorida haydovchi bir qator yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda 60−70 km/soat tezlikda piyodani urib yuborgani qayd etilgan.

Toshkent shahar sudi Matbuot xizmatining xabar qilishicha, 12 sentyabr kuni Toshkent shahar sudida jinoyat ishi apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqilgan.

Toshkent shahri sudi sudyasi Muzaffar Ahmedov raisligidagi sudlov hay’atining yig‘ilishida qamoqda saqlangan 4 oy 2 kun jazodan chegirilib, o‘tash uchun qolgan 2 yil 7 oy 28 kunlik ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblandi va 2 yil sinov muddati belgilandi. Sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan “qamoq olish” tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan qamoqdan ozod qilingan.

Ma’lumot uchun, JKning 266-moddasi 2-qismida jazo tariqasida — muayyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 23:21

    'Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 22:31

    'O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 21:27

    O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Ma’rifat karvoni” tadbirlari yakunlariga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

    O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” shiori ostidagi “Ma’rifat karvoni” yakuni bo‘yicha “Erishilgan yutuq va kamchiliklar: istiqboldagi rejalar” mavzusida anjuman o‘tkazildi.

    'Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:49

    Mahalliy farmatsevtika korxonalariga berilgan bojxona imtiyozlari muddati yana 3 yilga uzaytiriladi

    Prezident farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi.

    'Namanganda maktab direktori xonasida qimor o‘yinini tashqil qildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:32

    Namanganda maktab direktori xonasida qimor o‘yinini tashqil qildi

    Direktor IIB xodimlari tomonidan xizmat xonasida sheriklari bilan qo‘lga tushgan.

    'Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam'ning rasmi

    Jamiyat 18.12.2024 20:25

    Farmatsevtika klasterida boshqaruv, ilm, ta’lim va ishlab chiqarish mujassam

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kuni “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi.