Hisob palatasi raisiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi.
Jumladan:
- Mirzayev Sardor Alisherovich Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
S.Mirzayev 2005 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.U tayinlovga qadar Hisob palatasi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish sho‘basi mudiri bo‘lgan.
- Allaberganov Atabek Validjanovich Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.
A.Allaberganov 1999 yilda Urganch davlat universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari sohasida falsafa doktori (PhD). U bungacha Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Behzod Sobirov "O‘ztransgaz" AJ Boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Behzod Sobirov ushbu tayinlovga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi - "O‘zenergoinspeksiya" boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.