AsosiyJamiyat

Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi binosi yonib ketdi

Oqibatda 30 kvadrat metr maydon zararlangan.

'Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi binosi yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 30 sentyabr kuni soat 15:31 da Chilonzor tumani 7-dahada bino yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi. 

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 15:37 da yetib borib, yong‘in soat 15:53 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida Bog‘zor MFY hududidagi Boshqaruv servis kompaniyasi binosining 30 kvadrat metr maydoni yonib zararlangani.

Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar