AsosiyJamiyat

Yangiyo‘lda xonadonda saqlanayotgan 30 dan ortiq Kobra qo‘yib yuborilgan

Hozirgi vaqtda hududda yashovchi aholi xonadonlarida dorilash ishlari olib borilmoqda.

'Yangiyo‘lda xonadonda saqlanayotgan 30 dan ortiq Kobra qo‘yib yuborilgan'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanidagi mahallardan birida xonadonda tutqinlikda ushlab turilgan ilonlar qo‘yib yuborilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan 2 oktyabr kuni Yangiyo‘l tumani "Tuyabo‘g‘iz" MFY hududida fuqaroning xonadonida saqlangan kobra ilonlarni qo‘yib yuborilganligi holati bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan.

Aniqlanishicha, mahallada yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Yu. o‘zi yashayotgan xonadonida 30 dan ortiq "Osiyo kobra" ilonlarini tegishli ruxsatnomalarsiz saqlab kelgan. Noma’lum sabablarga ko‘ra, u xonadonida saqlanayotgan ilonlar ochiqqa qo‘yib yuborilgan. Bu holat mahalliy aholi tomonidan aniqlanib, ikkita kobra iloni tutib o‘ldirilgan.

Hozirgi vaqtda ishchi guruh tomonidan shu yaqin atrofda yashovchi aholi xonadonlarida dorilash ishlari olib borilmoqda.  

Kobra boqqan shaxsga nisbatan IIB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv olib borilayotgani ma’lum qilinadi, deyiladi Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabarida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 21:49

    Xalqaro fan olimpiada g‘oliblari monosib taqdirlandi

    G‘oliblar orasida Germaniyada o‘tkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ibrohimova Rayyona ham bor.

    'Toshkentda firibgarlik bo‘yicha ayblanayotgan shaxs qidirilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 20:32

    Toshkentda firibgarlik bo‘yicha ayblanayotgan shaxs qidirilmoqda

    Mardon Yoqubov shtamplar, muhrlar tayyorlash va ularni qalbakilashtirishda ayblanib, jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan.

    'Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 19:40

    Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

    Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlandi.

    'Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 19:26

    Markaziy bank oktyabr oyida yettita bankka nisbatan jarima qo‘lladi

    MBning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan oktyabr oyidagi yig‘ilishlarida 32 ta masala ko‘rib chiqildi.

    'Samarqandda kichik yoshli bola shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 19:18

    Samarqandda kichik yoshli bola shifoxonada vafot etdi

    SES bo‘limi boshlig‘i shifokorlar bolaga qo‘ygan talvasa sindromi tashxisi noto‘g‘ri ekanligini aytib, uni ovqatdan zaharlanish sabab vafot etganligini ta’kidladi.

    'O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 08.11.2024 17:47

    O‘zbekistondagi 23 ta OTM Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi

    O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohi Osiyoda 159-o‘rinda, Markaziy Osiyoda 7-o‘rinda qayd etildi.