AsosiyJamiyat

Sherzod Kudbiyev Qirg‘izistonda MDH davlatlarining yig‘ilishida qatnashmoqda

Tadbirda QQS summasining o‘rnini qoplash va QQS ma’muriyatchiligida to‘lovning shaffofligini ta’minlashdagi raqamli yechimlar muhokama qilinyapti.

'Sherzod Kudbiyev Qirg‘izistonda MDH davlatlarining yig‘ilishida qatnashmoqda'ning rasmi

Ayni damda Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Bishkek shahrida MDHga a’zo davlatlarning soliq xizmati rahbarlari muvofiqlashtiruv Kengashining (SXRMK) navbatdagi XXXI yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Tadbirda Kengash tomonidan QQS summasining o‘rnini qoplash va QQS ma’muriyatchiligida to‘lovning shaffofligini ta’minlashdagi raqamli yechimlar muhokama qilinyapti.

Qayd etish joizki, O‘zbekiston QQS ma’muriyatchiligida raqamli yechimlarning joriy etilishi soliq tizimining shaffofligini oshirish, soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, biznesda vaqt va resurslar tejalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Elektron hisobvaraq-faktura tizimini joriy etish natijasida soliq solinadigan tovar aylanmasi 2019-yilga nisbatan 6 barobar oshdi. Birgina qog‘ozdan 10 milliard so‘m iqtisod qilindi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, tejalgan vaqt 14 ming soatdan ko‘proqni (yoki 1,5 yildan ortiq) tashkil etadi.

QQS guvohnomasi soliq to‘lovchini 13 ta xavf mezonlari bo‘yicha avtomatik tarzda tekshirilgandan so‘ng 7 kun ichida beriladi. Majburiy ravishda QQS to‘lovchisi sifatida e’tirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga QQS guvohnomasi soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan avtomatik ravishda beriladi. Bir yil ichida QQS to‘lovchilar soni 188,5 mingdan 197,8 mingtaga ko‘payib, salkam 5 foizga o‘sdi.

QQSni qaytarish uchun soliq hisobotini topshirish paytida ariza berish mumkin. To‘lovlarni qaytarish muddati 60 kundan 30 kunga qisqartirildi, ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun - QQS 7 kun ichida tezlashtirilgan tarzda qaytariladi. Barqarorlik reytingi (AAA) yuqori bo‘lgan tadbirkorlar uchun QQS 1 kun ichida tekshiruvlarsiz qaytariladi, bu umumiy qaytarilgan to‘lovlarning 18 foizini tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar