AsosiyJAMIYAT

Mirziyoyev Namangan aeroportidagi 175 million dollarlik terminal qurilishini ko‘zdan kechirdi

Davlat rahbari qurilish ishlarining borishi bilan tanishib, aeroport infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

'Mirziyoyev Namangan aeroportidagi 175 million dollarlik terminal qurilishini ko‘zdan kechirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan xalqaro aeroportida qurilayotgan yangi yo‘lovchi terminali bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, loyihaga jami 175 million dollar investitsiya jalb etilgan. Yangi terminalni 2026 yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Maydoni 22,6 ming kvadrat metr bo‘lgan uch qavatli terminal soatiga 1,2 ming nafar, yiliga esa 3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu aeroportning mavjud imkoniyatlarini bir necha baravarga oshiradi.

Terminalda chegara va bojxona nazorati punktlari, viza xizmati, biznes-zal, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, tibbiyot punkti hamda Duty Free hududi joylashtiriladi. Loyiha doirasida 550 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Shuningdek, 2027 yil oxiriga qadar kunlik quvvati 50 tonna bo‘lgan kargo terminalini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Bu Farg‘ona vodiysida yagona zamonaviy kargo tizimini shakllantirish va mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.

    Boshqa yangiliklar