AsosiyJamiyat

Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi

Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

'Toshkentning ikkita tarixiy mahallasida art-rezidensiyalar ochildi'ning rasmi

YUNЕSKOning Butunjahon merosi dastlabki ro‘yxatiga kiritilgan “Namuna” va “Hasti Imom” tarixiy mahallalarida art-rezidensiyalarning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

“Bu Toshkentning madaniy merosini asrab-avaylash va ijodiy muhitini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Loyiha O‘zbekistonning barcha hududlari hamda boshqa mamlakatlarning ijodkor va hunarmandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Art-rezidensiya tajriba almashish, madaniyatlararo muloqot va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish platformasiga aylanadi”, - deydi S.Mirziyoyeva.

    Boshqa yangiliklar