AsosiyJamiyat

Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan.

'Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

O‘tgan ikki oyda xorijda qarovsiz qolgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda  Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, oktyabr oyining dastlabki kunlarida Ichki ishlar, Tashqi ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yana 4 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularning 3 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan olib kelingan.

Bildirilishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilgan. Xususan, 2 nafari ota-onasiga, 1 nafari xolasining vasiyligiga topshirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shuningdek, bir nafar bola bo‘yicha vaziyat baholanmoqda va onasi Rossiyadan qaytgunigacha vaqtinchalik vasiylikni rasmiylashtirish uchun yaqin qarindoshlari aniqlanmoqda.

Ma’lumot uchun, avgust-sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilgan. Yil boshidan beri jami 89 nafar O‘zbekistonning voyaga yetmagan fuqarolari qaytarildi.

Qayd etilishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 17:43

    'Shavkat Mirziyoyev Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 17:12

    Shavkat Mirziyoyev Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

    Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida uni O‘zbekistonga taklif qildi.

    'Qashqadaryolik shoir 33 yoshida olamdan o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 17:06

    Qashqadaryolik shoir 33 yoshida olamdan o‘tdi

    U o‘zini osib o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi.

    'Ayrim shaxslarga temir yo‘l transporti va avtobus uchun bepul chiptalar beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 14:31

    'Toshkentdagi KHAY ko‘chasining bir qismi bir oyga yopildi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 10:04

    Toshkentdagi KHAY ko‘chasining bir qismi bir oyga yopildi

    Haydovchilarga muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

    'Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan samolyot ayolda to‘lg‘oq boshlanishi sabab yana favqulodda qo‘ndi'ning rasmi

    Jamiyat 06.11.2024 08:55