AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

'Qashqadaryoda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi'ning rasmi

Qashqadaryoda maktab o‘quvchisi o‘qituvchi kaltaklagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, holat joriy yilning 9 oktyabr kuni Shahrisabz tuman 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabida soat 10:30 atrofida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi U.S. (ayol kishi) 5-"b" sinf o‘quvchisi M.P.ga maktabdagi "boshqa o‘quvchilarga hurmatsizlik qilma" deb ta’kidlaganidan so‘ng, o‘quvchi M.P. o‘qituvchini haqoratlashga uringan.

Shundan so‘ng, maktab o‘qituvchisi U.S. o‘quvchi M.P.ni ma’naviyat xonasiga olib borishga uringanda qo‘li bexosdan o‘quvchi burniga tegib ketganligi oqibatida burun sohasidan qon kelishi holati yuzaga kelgan.
O‘quvchi M.P. onasini mazkur ta’lim tashkilotiga olib kelgan va  o‘qituvchi hamda M.P.ning onasi o‘rtasida janjal sodir etilgan, — deya izoh bergan maktab ma’muriyati.

"Holat yuzasidan tezkorlik bilan Shahrisabz tumanidagi 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan. Hozirda o‘qituvchi U.S. murojaati Shahrisabz tuman IIB mas’ullari ishtirokida atroflicha o‘rganilmoqda", - deyiladi munosabatda.

Ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati ham izoh berdi.

"Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi", - deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘qituvchilarning ish haqi kechikishi sabablari yuzasidan tushuntirish berildi'ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 18:32

    O‘qituvchilarning ish haqi kechikishi sabablari yuzasidan tushuntirish berildi

    Qonunchilikda ish haqi kechikkani uchun kompensatsiya nazarda tutilgan.

    'Joriy yilgi paxta terim narxi belgilandi'ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 18:17

    Joriy yilgi paxta terim narxi belgilandi

    Avval har bir kilogramm uchun 1500 so‘mdan to‘lab kelingan bo‘lsa, endilikda bu narx oshirildi.

    'Toshkentda temir yo‘l xodimini poyezd bosib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 18:02

    'Qashqadaryodagi avtohalokatda 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 17:55

    Qashqadaryodagi avtohalokatda 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi

    YTHga “Mercedes-Benz" avtomobili haydovchisi qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Labo avtomobiliga urilishi sabab bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 17:13

    ''ning rasmi

    Jamiyat09.10.2024 16:20