AsosiyJamiyat

Sergelidagi dahshatli portlash aybdorlariga hukm o‘qildi

2023 yilning 28 sentyabr kuni tunda Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi.

'Sergelidagi dahshatli portlash aybdorlariga hukm o‘qildi'ning rasmi

16 yoshli o‘smirning o‘limiga sabab bo‘lgan, 163 nafar odam jarohatlangan Sergelidagi portlash bo‘yicha sud ishi yakunlandi va sudlanuvchilarga hukm o‘qildi. Bu haqda Zokirjon Qo‘ziboyev - Toshkent shahar sudi matbuot kotibi darakchi.uz'ga xabar berdi.

Bugun, 11 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi binosida bo‘lib o‘tgan sud majlisida to‘rt nafar sudlanuvchi S.F., A.F., B.S. va N.K. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan aybli deb topildi va ularga shu modda bilan ikki yil rahbarlik va yong‘in xavsizligi yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum etilib, 5 yil muddatga  ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo manzil koloniyada o‘tattirilishi belgilandi va jazo muddati 2023 yil 29 sentyabrdan boshlab hisoblanishi aytildi. Ularga nisbatan qo‘llanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi aslicha qoldirildi.

Shuningdek, fuqaroviy da’vogarlar va jinoyat ishida jabrlanuvchilar deb e’tirof etilgan “S.S.” MCHJ, “A-O” MCHJ, “A.S.” MCHJlarning sudga kiritgan da’vo arizalari qanoatlantirildi. 

Sud hujjatida jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlarga sudlanuvchi S.F., A.F., B.S., N.K., va fuqaroviy javobgarlar “Interlogistics” MCHJ QK, “Polychem” MCHJ solidar tartibda undirilishi belgilangan. 

Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n sutka ichida, sudlanuvchi va jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida hukm chiqargan sud orqali Toshkent shahar sudiga, hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng esa, kassatsiya tartibida berilishi mumkinligi bildirildi.

Sergelidagi portlash

O‘tgan yilning 28 sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi "Quruvchilar" dahasida "Inter Logistics" MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda hududdagi 26 ta ko‘p qavatli uyning 592 ta xonadoni hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar etdi. 

Shuningdek, portlashda 163 nafar fuqaro  jabrlandi va hodisa oqibatida 2006 yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir voqea joyida vafot etdi. 

Favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishga Milliy gvardiya otryadlari jalb etildi va voqea joyiga Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va Bosh vazir Abdulla Aripov yetib borib, holatni nazoratga oldi. Shahar hokimining ma’lum qilishicha, yetkazilgan moddiy zarar qoplab beriladi. 

Omborxonada sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng Hukumat qarori bilan  4 kishi qamoqqa olindi. Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 21:01

    'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 16:10

    Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

    Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

    'Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 10:41

    Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

    17 nafar ishchi-xodim nomiga yozib jami 935 mln 455 ming so‘m pul mablag‘i ish haqi sifatida asossiz ravishda to‘lanib, o‘zlashtirilgan.

    'Qarshida uch farzandi bilan vafot etgan ota bo‘yicha tekshirish harakatlari olib borilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:25

    'O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 09:06

    O‘zbekistonda qariyb 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi

    Noqonuniy chiqindixonalar 720 gektardan ziyod maydonni egallagan.

    'Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 20.12.2024 08:14

    Bugun Toshkent va vodiy viloyatlarida qor yog‘adi

    Harorat 0-5 daraja atrofida bo‘ladi.