AsosiySiyosat

Mintaqada kuz-qish mavsumida energetika tizimida barqarorlikni ta’minlash ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

'Mintaqada kuz-qish mavsumida energetika tizimida barqarorlikni ta’minlash ko‘rib chiqildi'ning rasmi

12 oktyabr kuni Energetika vazirligida O‘zbekiston energetika vaziri J.Mirzamahmudov, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Sh.Xamrayev, Qozog‘iston energetika vaziri A.Satkaliyev, Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri N.Nurjigitov va Qirg‘iz Respublikasi energetika vaziri T.Ibrayev hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi. 

Shuningdek, ushbu uchrashuvda Ozarbayjon energetika vaziri o‘rinbosari K.Abbosov mehmon sifatida ishtirok etdi. 

Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.

Mazkur tadbirda tomonlar o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, “Qambarota GES-1” qurilishi loyihasining hozirgi holati hamda suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Shu bilan birga, uchrashuvda Xitoyning “CЕЕC” kompaniyasi vakillari bilan Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida “Chotqol” GЕS qurilishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida doimiy ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazib turish va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan “yo‘l haritasi”ni imzolash taklif etildi hamda tegishli hujjatlar imzolandi.

    Boshqa yangiliklar