AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

'Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

14 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Prezidentimiz Turkmaniston yetakchisini shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro forum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi hamda Ashxobod shahrida ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Yaqindagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqib O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

    Boshqa yangiliklar