"Joriy yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Biroq hududlar kesimida kreditlar samaradorligi sezilarli farq qilmoqda" – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Masalan, Shirin shahrida 1 mlrd so‘m kredit hisobiga 20 ta ish o‘rni yaratilayotgan bo‘lsa, Bo‘stonliq, Pskent va Karmana tumanlarida bu ko‘rsatkich atigi 3 tani tashkil etmoqda. Samarali loyihalarni moliyalashtirish orqali 36 mingta yangi ish o‘rni yaratish mumkinligi qayd etildi.
Shuningdek, banklarda biznes-loyihalarni baholaydigan, ularning xavflari va bozordagi talabini tahlil qiladigan "AI-konsultant" platformasini ishga tushirish topshirildi. U banklarga kredit qarorlarini qabul qilishda yordam beradi.






