AsosiyJAMIYAT

Toshkentda skuterlarda xavfli harakatlangan bir guruh yoshlarga chora ko‘rildi

Shundan so‘ng qoidabuzarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar qo‘llanilgan.

'Toshkentda skuterlarda xavfli harakatlangan bir guruh yoshlarga chora ko‘rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan bir guruh yoshning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko'rildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududiy Yo'l-patrul xizmati xodimlari ishtirokchilar bilan profilaktik suhbat o'tkazgan va ularga yo'l harakati qoidalari talablari tushuntirilgan.

Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili yoshlarning old g'ildiragini ko'tarib harakatlangani hamda bir tomonlama harakatlanish belgilangan yo'lga qarshi yo'nalishda yurganini tanqid qildi.

"Shunday harakatlanish mumkinmi, old g'ildiragini ko'tarib? Agar qarshi tomondan kelayotgan avtomobil urib yuborsa, yo'l-transport hodisasi uchun kim javob beradi? Samokat va skuterlar ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarini ko'ryapsiz. Ular orasida o'lim va og'ir oqibatlarga olib kelgan holatlar ham bor. Old g'ildirakni ko'tarib harakatlanayotganda boshingiz bilan yiqilib, jarohat olsangiz, nima bo'ladi? Yana bir tomonlama harakatlanish belgilangan yo'lga qarshi yo'nalishda kelyapsiz. Buning qoidabuzarlik ekanini bilasizmi?" deydi YPH xodimi.

    Boshqa yangiliklar