Buyuk Britaniya Rossiyaga chuqur zarbalar berish bo‘yicha o‘z takliflari ustida ishlamoqda. Bu haqida Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Britaniya mudofaa shtabi boshlig‘i Toni Radakin bilan muzokaralar yakunida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda zamon.uz.
Kiyev Ukraina hududini bombardimon qilishda foydalaniladigan Rossiya havo bazalariga hujum qilish maqsadida Rossiya hududiga chuqur zarba berishga ruxsat olish uchun harakat qilmoqda. Rasmiy ravishda bunga ruxsat berilgani e’lon qilinmadi.