Argentinaning Neuken viloyatida joylashgan Kutral-Ko shahrida futbol yulduzi Lionel Messi sharafiga 26 metr balandlikdagi haykal ochildi. U futbolchiga bag‘ishlangan dunyodagi eng baland yodgorlik sifatida e’tirof etilmoqda.
Haykal haykaltarosh Aldo Beroisa tomonidan 70 tonna po‘latdan yasalgan. Unda Messi Jahon kubogini boshiga uzra ko‘targan holda tasvirlangan.
Yodgorlikning tantanali ochilish marosimi 16 iyun kuni bo‘lib o‘tdi. Ushbu sana Messining 2026 yilgi Jahon chempionatida xet-trik qayd etgan kuniga to‘g‘ri kelgani bilan ham ramziy ahamiyat kasb etdi.
Mahalliy hokimiyat vakillari mazkur inshoot hududga sayyohlar oqimini oshirish va Kutral-Ko shahrining yangi diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanishiga xizmat qilishini kutmoqda.
Shu bilan birga, haykalning ayrim rakyurslardan ko‘rinishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in munozaralarga ham sabab bo‘ldi.






