Buxoro viloyatida uy-joy sohasida 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgani va katta miqdordagi soliq tushumlari yo‘qotilgani aniqlandi. Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi bir qator viloyatlarda yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Buxoro viloyatida esa faoliyati to‘xtatilgan deb ko‘rsatilgan korxonalar tomonidan energiya va gaz iste’moli davom etgani, shuningdek, minglab transport vositalari orqali yuk tashish norasmiy amalga oshirilgani qayd etildi. Eng yirik holat sifatida uy-joy bozorida narxlarni sun’iy pasaytirish orqali 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgani ma’lum qilindi. Yig‘ilish yakunida mas’ul idoralarga yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni tumanlar kesimida tizimli tashkil etish bo‘yicha aniq metodologiya asosida ishlash topshirildi.
Boshqa yangiliklar

Dunyo Bugun 14:29
Nyu-Yorkning Kuins hududida joylashgan eski va bo‘sh turgan cherkovda kuchli yong‘in sodir bo‘lib, binoga katta zarar yetdi, bir necha o‘t o‘chiruvchi jarohat oldi.

Dunyo Bugun 09:39
AQShning Oklaxoma shtatida sodir bo‘lgan kuchli tornado Enid shahrini jiddiy vayron qildi.

Dunyo Bugun 05:10
Mintaqadagi harbiy kuchlar muvozanati keskin kuchayishi mumkin.

Dunyo Bugun 04:35
U maxfiy maʼlumotlar asosida garov tikib, yuz minglab dollar ishlaganlikda gumonlanmoqda.

Dunyo 23.04.2026 09:03
Isroil G‘azoda amalga oshirgan zarba oqibatida besh kishi, jumladan uch nafar bola halok bo‘lgani xabar qilindi.

Dunyo 23.04.2026 08:17
Xitoy Tramp joriy etgan bojxona tariflariga bardosh bergan bo‘lsa-da, Eron atrofidagi urush iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
