AsosiySiyosat

Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

'Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

Tamer Fathi Abdussalom Hammad Misrning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi. 

Vazir elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

“Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining o‘tgan yili Qohiraga amalga oshirgan rasmiy tashrifi istiqbolli hamkorlik uchun yangi poydevor qo‘ydi. Faol va yaqin munosabatlar kun tartibini boyitishda, shubhasiz, elchixonalar muhim o‘rin tutadi. Janob elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tilaymiz”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.

    Boshqa yangiliklar