AsosiyJamiyat

O‘zbekistonlik talabalar uchun Polshada haq to‘lanadigan stajirovka yo‘lga qo‘yilmoqda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Polshaga tashrifi davomida kelishuvga erishilgan.

'O‘zbekistonlik talabalar uchun Polshada haq to‘lanadigan stajirovka yo‘lga qo‘yilmoqda'ning rasmi

O‘zbekiston  elchixonasi ko‘magida Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Polshaga tashrifi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari  Polshadagi yirik sabzavot yetishtiruvchi xolding kompaniya - "Green Crops" ofisida bo‘lib, korxonaning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Kompaniya direktori Adam Rujitski bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va mahalliy ho‘l meva-sabzavotlarini Polshaga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasida 2025 yil may-oktyabr oylarida Polshadagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda O‘zbekistonning agrar oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun haq to‘lanadigan stajirovkalarni tashkil etish borasida aniq kelishuvga erishildi. Bu stajirovkalar bilan bog‘liq barcha harajatlar "Green Crops" kompaniyasining maxsus grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston vakillari Sexanuv shahridagi Ignatsiy Mossitskiy nomidagi Amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uchrashdilar. Unda O‘zbekistondagi agrar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish xususida fikr almashildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.