AsosiyDunyo

Tramp saylovoldi kampaniyasi doirasida restoranda ishlab ko‘rdi

U ovqat tayyorlash, kartoshka qadoqlash va mijozlarning buyurtmalarini tarqatishda yordam berdi.

'Tramp saylovoldi kampaniyasi doirasida restoranda ishlab ko‘rdi'ning rasmi

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi doirasida Pensilvaniyadagi McDonald's da ishladi.

AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod ovoz berish natijasi saylov natijasini belgilaydigan shtatlardan biri bo‘lgan Pensilvaniyadagi McDonald's restoraniga tashrif buyurdi. Tramp ma’lum muddat davomida ovqat tayyorlashda, kartoshkani qadoqlashda va mijozlarning buyurtmalarini tarqatishda yordam berdi. Keyin u o‘sha yerning o‘zida matbuot anjumani o‘tkazdi. 

U restoranlar tarmog‘i prezidentlikka nomzodlarning hech birini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.

"Biz bunga o‘z qadriyatlarimiz nuqtayi nazaridan yondashdik: biz hamma uchun ochiqmiz", deya Trampning tashrifini tushuntirdi McDonald's. 

Shuningdek, McDonald's Trampning raqibi Kamala Harrisni ham o‘z restoranlariga taklif qildi.

    Boshqa yangiliklar