AsosiyJAMIYAT

Abdulla Aripov futbolchilarga: “Divan ekspertlarini kechirib yuboringlar”

U o'z murojaatida jamoa atrofida tanqid qilib obro' ortirishga urinadiganlar hamisha topilishini ta'kidlab, futbolchilarni bunday munosabatlarga sabr bilan yondashishga chaqirgan.

'Abdulla Aripov futbolchilarga: “Divan ekspertlarini kechirib yuboringlar”'ning rasmi

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakat milliy terma jamoasi futbolchilariga murojaat qilib, ularni turli tanqidlarga e’tibor bermaslikka chaqirdi.

U o‘z murojaatida jamoa atrofida tanqid qilib obro‘ ortirishga urinadiganlar hamisha topilishini ta’kidlab, futbolchilarni bunday munosabatlarga sabr bilan yondashishga chaqirgan.

"Hurmatli futbolchilar, sizlarni tanqid qilib, obro‘ olmoqchi bo‘lgan omadsiz sportchilar, divan ekspertlari ko‘p bo‘ladi. Ularni kechirib yuboringlar. Shuni unutmangki, bugungi avlodning jasorati kelgusi avlodlar uchun mustahkam poydevor bo‘ladi. Yangi g‘alabalar, yanada yuksak marralar sari olg‘a!", degan Abdulla Aripov.

Bosh vazir mazkur murojaati orqali futbolchilarga qo‘llab-quvvatlov bildirib, ularga kelgusida ham yangi zafarlar tiladi.

    Boshqa yangiliklar